SportUz.Net
photo photo

Ronaldu Messini ortda qoldirdi

18.02.2024 00:00    


Rasmni yuklab olish

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turi doirasida bo‘lib o‘tayotgan «Al-Fotih»ga qarshi o‘yinning 17-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Penaltidan urilgan gollarni inobatga olmaganda, bugungi gol portugaliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi 714-gol bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu argentinalik forvard Lionel Messini ortda qoldirdi. "Inter Mayami" futbolchisi hisobida 713 gol bor (penaltilardan tashqari).

Ronalduning faoliyatidagi jami gollar 875 taga yetdi (1206 o‘yinda). Messi esa jami 821 ta gol urgan (1047 bahsda).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: