SportUz.Net

Konferensiyalar ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

16.02.2024 11:00    


Rasmni yuklab olish

UEFA rasmiy sayti Konferensiyalar ligasi 1/16 final bosqichi dastlabki o‘yinlar yakuni bo‘yicha haftaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogarlarni e’lon qildi.

Tomi Xorvat («Shturm» yarim himoyachisi) — «Slovan»ga qarshi o‘yinda (4:1) ikkita golga uzatma berdi.

Fredrik Gulbrandsen («Molde» hujumchisi) — «Legiya»ga qarshi bahsda (3:2) dubl muallifiga aylandi.

Albert Gryonbek («Budyo-Glimt» yarim himoyachisi) — «Ayaks»ga qarshi to‘qnashuvda (2:2) o‘z hisobiga ikkita gol yozdi.

Matias Rasmussen («Yunion» forvardi) — «Ayntraxt»ga qarshi uchrashuvda (2:2) bitta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: