SportUz.Net
photo photo

Superliga-2023. Birinchi davrada qaysi murabbiy toza o‘yin vaqti masalasida yaxshiroq edi?

12.02.2024 01:00    


Rasmni yuklab olish

Toza o‘yin vaqti muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim futbolchilar yoki hakamlar sabab rasmiy uchrashuvda passivlik ko‘payadi.

Liga 2023 yilning birinchi davrasida Ilgiz Tantashev boshqarib borgan uchrashuvlarda toza o‘yin vaqti foizi ko‘proq ekaniga e’tibor qaratgandi. Endi birinchi davra yakuniga ko‘ra murabbiylar fonida buni ko‘rib chiqamiz.

Turon klubini vaqtincha boshqargan Denis Bushuyev davrida jamoa nisbatan ochiq va tezroq futbol ko‘rsatdi. Xuddi shu jamoani Baxtiyor Ashurmatov boshqargan davrda ko‘rsatkich 52,3 foizni tashkil qilgandi.

Kuchli to‘rtlikdan Nasaf, Paxtakor va OKMK ustozlari joy oldi. Kapadze va Boshkovich boshqaruvidagi jamoalar ham ancha tetik o‘yinlar o‘tkazganini ko‘rish mumkin.

Umumiy ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin:    

Denis Bushuyev — 56,76 (5)
Ro‘ziqul Berdiyev — 55,49 (13)
Maksim Shatskix — 54,92 (13)
Mirjalol Qosimov — 54,73 (13)
Timur Kapadze — 54,02 (13)
Ivan Boshkovich — 53,77 (9)
Sergey Arslonov — 53,60 (13)
Asror Aliqulov — 53,13 (8)
Vitaliy Levchenko — 52,40 (13)
Hakim Fuzaylov — 52,4 (4)
Yorqin Nazarov — 52,4 (5)
Baxtiyor Ashurmatov — 52,3 (5)
Samvel Babayan — 51,47 (13)
Ulug‘bek Baqoyev — 51,47 (9)
Murod Otajonov — 51,39 (13)
Vesko Steshevich — 50,84 (9)
Aleksandr Xomyakov — 50,51 (13)
Tachmurod Agamurodov — 50 (3)
Luisma Ernandes — 48,3 (3)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: