SportUz.Net

Ronaldu yetakchi, Messi — 2, Holand sakkizinchi o‘rinda. Instagram’da eng ko‘p daromad oladigan futbolchilar

08.02.2024 15:31    


Rasmni yuklab olish

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida ijtimoiy tarmoqlardan eng ko‘p daromad qiladi.

Football’s Finest futbolchilarning Instagram’dagi reklama postlaridan oladigan taxminiy daromadlarini hisoblab chiqdi.

Eng ko‘p daromad ko‘radigan futbolchi Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. 2-o‘rinni Lionel Messi, 3-o‘rinni esa Kilian Mbappe egalladi.

Top-10 quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Krishtianu Ronaldu (1,54 mln funt);

2. Lionel Messi (1,24 mln funt);

3. Kilian Mbappe (277,2 ming funt);

4. Bukayo Saka (233,4 ming);

5. Muhammad Saloh (158,2 ming);

6. Vinisius Junior (109,1 ming);

7. Antuan Grizmann (103,6 ming);

8. Erling Holand (94,1 ming);

9. Robert Levandovski (88,7 ming)

10. Luka Modrich (84,5 ming).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: