SportUz.Net

Messi so‘nggi 15 yilda o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarning yarmidan ko‘pidan eng yaxshi futbolchi deb topilgan

06.02.2024 22:31    


Rasmni yuklab olish

Lionel Messi so‘nggi 15 yilda klub safida o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarning yarmidan ko‘pidan eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

"PopFoot" hisob-kitoblariga ko‘ra, argentinalik futbolchi 2009 yildan beri yetakchi chempionatlarda 628 ta o‘yinda ishtirok etgan. Ularning 324 tasida (51,6%) Leo eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

Ronalduning bunday ko‘rsatkichi 29 foizga teng.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha top-10 ga kirgan o‘yinchilar:

1. Lionel Messi («Barselona», «PSJ») – 51,6% (324 / 628).

2. Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted», «Real», «Yuventus») – 28,8% (176/612).

3. Neymar («Barselona», «PSJ») – 26,8% (90/336).

4. Zlatan Ibrahimovich («Barselona», «Milan», «PSJ», «Manchester Yunayted») – 24,2% (96/396).

5. Kilian Mbappe («Monako», «PSJ») – 24% (82/342).

6. Erling Xoland («Borussiya», «Manchester Siti») – 21,5% (39/181).

7. Xarri Keyn («Tottenxem», «Bavariya») – 21,2% (98/463).

8. Aryen Robben («Bavariya») – 20,3% (57/281).

9. Kevin de Bryuyne («Verder», «Chelsi», «Volfsburg», «Manchester Siti») – 19,3% (86/446).

10. Eden Azar («Lill», «Chelsi», «Real») – 19,2% (100/520).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: