SportUz.Net

Osiyo kubogi-2023. Qatar-O‘zbekiston o‘yinida jamoalar qancha reyting balli ishlashi mumkin?

03.02.2024 11:00    


Rasmni yuklab olish

Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan Qatar-O‘zbekiston o‘yinidagi natijadan kelib chiqib terma jamoalari quyidagi reyting balliga ega bo‘ladi:

O‘zbekiston asosiy yoki qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba qozonsa — +22,79;
O‘zbekiston penaltilar seriyasida g‘alaba qozonsa — +12,79;
O‘zbekiston penaltilar seriyasida yutqazsa — +2,79;
O‘zbekiston asosiy yoki qo‘shimcha bo‘limlarda yutqazsa — 0.

------

Qatar asosiy yoki qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba qozonsa — +17,21;
Qatar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonsa — +7,21;
Qatar penaltilar seriyasida yutqazsa — 0;
Qatar asosiy yoki qo‘shimcha bo‘limlarda yutqazsa — 0.


Osiyo kubogi pley-off bosqichida mag‘lubiyat yoki reytingda pastroq joylashgan jamoaga qarshi durang natija uchun ballar olib tashlanmaydi.

O‘zbekiston FIFAning onlayn reytingida 65-pog‘onani egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: