Britaniyaning "FourFourTwo" nashri 1980-yillarda faoliyat yuritgan eng kuchli darvozabonlar reytingini tuzib chiqdi.
Angliya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Piter Shilton o‘sha davrning eng kuchli posboni deb topildi. "Spartak" (Moskva) va SSSR terma jamoasi darvozaboni Rinat Dasayev esa ikkinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, italiyalik Dino Dzoff kuchli uchlikka kiritildi.
Dastlabki o‘nlik bilan tanishing:
1. Piter Shilton, Angliya.
2. Rinat Dasayev, SSSR.
3. Dino Dzoff, Italiya.
4. Jan-Mari Pfaff, Belgiya.
5. Valter Dzenga, Italiya.
6. Xarald Shumaxer, FRG.
7. Nevill Sautoll, Uels.
8. Mishel Pryudomm, Belgiya.
9. Luis Arkonada, Ispaniya.
10. Rey Klemens, Angliya.
Rahmonovning menejeri: "CHempionni kutishning iloji yo'q - o'zimizni eslatib qo'yishimiz kerak"
Umar Nurmagomedov: "Agar Yan Dvalishvilini nokaut qila olmasa, Merab uni xo'rlab tashlaydi"