Qozog'istonlik jurnalist Erbol Kairov o'zining Telegram-kanalida Aktobe shahrida sodir bo'lgan voqea munosabati bilan qozog'istonlik yosh sportchilarga murojaat qildi.
"Hurmatli sportchilar! Keling, kelishmovchiliklarga jiddiy tus bermaslikka harakat qilaylik. Kecha Aktobeda Instagramdagi janjal tufayli ikki nafar sportchimiz halok bo'ldi. Bu istiqbolli, kelajagi bor yosh jangchilar edi. Yaqinlarimizga sabr tilaymiz.
Biz bir vaqtlar "Qozoq Taysoni" deb atalgan Ermek Serikov ismli bokschini yo'qotdik. To'qsonchi yillar emas, 2000 yillar ham emas. Biz hozir uchinchi o'n yillikdamiz. Keling, kelishmovchiliklarni qonuniy yo'llar bilan hal qilaylik. Musht, pichoq, qurolni unutaylik", - deb yozadi Kairov.
Malumot uchun, 3 yanvarga o'tar kechasi Aktobe shahrida mushtlashuv bo'lib o'tgan va uning natijasida janjalning to'rt nafar ishtirokchisi pichoqlangan edi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi