SportUz.Net
photo photo

Messi — aldab o‘tishlar bo‘yicha Yevropada 2-o‘rinda

02.03.2021 23:30    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Yevropaning top-5 chempionatlari joriy mavsumida muvaffaqiyatli aldab o‘tishlari sonini 100taga yetkazgan ikkinchi futbolchiga aylandi. U o‘z urinishlarining 58 foizini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

"OptaJose" tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Vulverxempton» forvardi Adama Traore yetakchi bo‘lib turibdi. U APLning joriy mavsumida o‘z raqiblarini 105 marta muvaffaqiyatli aldab o‘ta olgan.

«Ueska» himoyachisi Xavi Galan (82), «Udineze» yarim himoyachisi Rodrigo De Paul (79) va «Fulxem» tayanch yarim himoyachisi Andre Zambo-Angissa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli beshlikka kirishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: