2023 yilda Yevropaning top-chempionatlarida "quruq" o‘yinlar soni bo‘yicha "Barselona" yetakchilik qildi. Kataloniyaliklar yakunlanayotgan yilda 22 marta o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishmadi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Inter» (21) egallagan bo‘lsa, «Yuventus» uchinchi pog‘onani zabt etdi (20).
«Nissa» va «Real» klublari 19 tadan o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha keyingi pog‘onani «Lasio» (18), «Liverpul», «Sosyedad» va «Napoli» (17), «Torino» va «Manchester Yunayted» (16) klublari egallashdi.
2023 yilda Yevropaning top-chempionatlarida eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan klublar:
22 - "Barselona"
21 - "Inter"
20 - "Yuventus"
19 - "Nissa", "Real"
18 - "Lasio"
17 - "Liverpul", "Real Sosyedad", "Napoli"
16 - "Torino", "Manchester Yunayted"
Bivol Beterbiev bilan revansh haqida: "Hakamlarda hech qanday shubha qoldirmasligim kerak"
Bahodir Jalolov: "Ikki-uch oy vaqt berilsa, Usik bilan jang qilishga tayyor bo'laman"