SportUz.Net

Jahonning ayni paytdagi eng qimmat hujumchilari reytingi e’lon qilindi

29.12.2023 20:31    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali futbolchilarning narxidan kelib chiqib, jahonning ayni paytdagi eng qimmat hujumchilari reytingini e’lon qildi.

«Manchester Siti» forvardi Erling Xoland  va «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 180 million yevro narx bilan ro‘yxatni boshqarishdi. Keyingi pog‘onani esa "Real" hujumchisi Vinisius Junior egalladi.

Top-10 quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

1. Erling Xoland («Manchester Siti», 180 mln yevro);
2. Kilian Mbappe («PSJ», 180 mln yevro);
3. Vinisius Junior («Real», 150 mln yevro);
4. Bukayo Saka («Arsenal», 120 mln yevro);
5. Fil Foden («Manchester Siti», 110 mln yevro);
6. Viktor Osimxen («Napoli», 110 mln yevro);
7. Lautaro Martines («Inter», 110 mln yevro);
8. Garri Keyn («Bavariya», 110 mln yevro);
9. Rodrigo («Real», 100 mln yevro);
10. Xulian Alvares («Manchester Siti», 90 mln yevro).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: