SportUz.Net

Superliga. Yil murabbiyi — Vitaliy Levchenko

25.12.2023 18:31    


Rasmni yuklab olish

Liga 8 oy davomida oyning eng yaxshilarini o‘ziga xos uslubda aniqlab keldi. Ovoz berish jarayonida 18 nafar mustaqil ekspertlar ishtirok etdi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlandi.

Unga ko‘ra, Neftchi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko Coca-Cola Superligada yil murabbiyi deb topildi. Neftchi ustozi mart va avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilishi bilan birga aprel oyida ham nomzodlar orasidan o‘rin olgan edi va yakunda 129 ochko to‘plagan holda yil murabbiyi deb topildi.

Superliga. Yil murabbiyi

Vitaliy Levchenko (Neftchi) – 129 ochko

Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) – 123 ochko

Maksim Shaskix (Paxtakor) – 94 ochko.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: