SportUz.Net
photo photo

Superliga-2023. Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxati

18.12.2023 01:31    


Rasmni yuklab olish

Bir necha kun avval Superligada har oyning eng yaxshilari qay tartibda va kim tomonidan aniqlab borilgani ko‘rsatilgandi. Mana shu ovozlar jamlanmasidan kelib chiqib, yilning eng yaxshisi aniqlanadi.

Quyida 8 nafar futbolchi keltirib o‘tilgan. Ular oy davomida kerakli ochkolarni to‘plab keldi. Umumiy ko‘rinishda mazkur futbolchilar mavsumni turlicha holatda yakunladi. Biroq oy davomida yig‘ib borilgan ochkolar endi muhim rol o‘ynaydi. Oylar davomidagi barqarorlik yoki biror oyni katta muvaffaqiyat bilan o‘tkaza olish eng yaxshi bo‘lishda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsum davomida Cheran (aprel), O‘runov (may), Hebay (iyun), O‘rinboyev (avgust), Ubaydullayev (sentyabr), Iskanderov (oktyabr), Nimeli (noyabr) kabilar oy futbolchisi sifatida tan olingan, Kenjaboyev esa bir necha bor oy futbolchisiga nomzodlar orasidan joy olgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: