SportUz.Net

Usik, Mudrik, Putin - 2023 yilda ukrainlar tomonidan Google`da eng ko'p "qidiruv"ga berilganlar. Birinchi o'rinda samarqandlik vazir!

12.12.2023 14:00    


Rasmni yuklab olish

Eng katta qidiruv platformalaridan biri Google tarmoqning ukrainalik foydalanuvchilari uchun 2023 yilgi yakuniy reytingni oshkor qildi.

Unga ko'ra, superog'ir vazn toifasida WBA, WBO, IBO va IBF yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usik (21-0, 14 KO) hamda "CHelsi" vingeri Mixail Mudrik eng ko'p qidirilganlar Top-10`taligidan joy oldi. Usik ushbu reytingning 4, Mudrik esa 6-pog'onasidan joy oldi. 

Reytingda birinchi o'rinni Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov egallagan. Qizig'i, Umerov Samarqand viloyatining Bulung'ur tumanida dunyoga kelgan. SHuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Top-10`talik ro'yxatdan o'rin olgan. Putin reytingning 5-pog'onasini egallab turibdi. 

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Toshkentda mehmon bo'lgan Aleksandr Usik 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: