SportUz.Net
photo photo

IFFHS. Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi!

28.02.2021 15:30    


Rasmni yuklab olish

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) tarqatgan xabarga ko‘ra, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan Italiya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Verona"ga qarshi o‘yinda urilgan gol tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Gap shundaki, IFFHS statistikasi ko‘ra, portugaliyalik futbolchining professional faoliyatidagi gollar soni 766taga yetgan. Natijada Ronaldu jahon futbol tarixida mutlaq rekordchiga aylandi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronaldu braziliyalik futbol afsonasi Pelening rekordini yangiladi.  Pele 1977 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo‘lib, rasmiy o‘yinlarda 765ta gol urgan.

IFFHS mazkur statistikani yuritishdi, milliy chempionatlarning yuqori divizionlarida urilgan gollarni inobatga olgan.

Shu tariqa, 45 yilu 243 kun o‘zgarmay turgan rekord Krishtianu Ronaldu tomonidan yangilandi.

Quyida Pele va Ronaldu gollari statistikasi o‘zaro taqqoslangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: