
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya chempionatining 13-turi doirasida bo‘lib o‘tayotgan «Liverpul»ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi.
Norvegiyalik futbolchi uchun mazkur gol APL doirasidagi 50-gol bo‘ldi. Buning uchun Xolandga 48 o‘yin yetarli bo‘ldi. Bu Premyer-liganing yangi rekordi hisoblanadi.
Shu paytgacha rekord "Manchester Yunayted" klubining sobiq forvardi Endi Koulga tegishli bo‘lib, u APLdagi dastlabki 50 golini 65 o‘yinda kiritgandi.
Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi