«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Brentford»ga qarshi o‘yinda (3:0) ikkita gol muallifiga aylandi.
Misrlik futbolchining Angliya klublari tarkibida urgan gollari soni 200 taga yetdi. 31 yoshli futbolchi «Liverpul» safida 198 ta gol urgan bo‘lsa, «Chelsi» formasida 2 gol muallifiga aylangan.
Saloh mersisaydliklar tarkibida barcha musobaqalar doirasida 322ta o‘yinda maydonga tushib, APL doirasida 147 gol, yevrokuboklar doirasida 44 gol, Angliya kubogida 5 gol, Angliya liga kubogida va Angliya superkubogidan bittadan gol urgan. Muhammad «Chelsi» safidagi har ikki to‘pini APL bahsida kiritgan.
Salohga eng ko‘p golli uzatmani Roberto Firmino bergan (22 ta).
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo'lish uchun kurashdan chiqqanini malum qildi