SportUz.Net

SHahram G'iyosov 10 yil avvalgi arxiv suratini namoyish etdi + FOTO

02.11.2023 19:34    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov Instagram sahifasiga yangi surat joyladi.

Bokschimiz o'z sahifasi orqali 2013 yildagi arxiv suratini namoyish etdi va uni shunday izohladi: "2013 yil. O'sha damlar, o'zi uchar gilamlar!".

Avvalroq, SHahram G'iyosov hamkorlik qiladigan "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi SHahram G'iyosovning professional boksdagi navbatdagi jangini noyabr oyi oxirida o'tkazishi haqida xabar bergandi.

Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov so'nggi jangini 18 iyun kuni AQSHning Nyu-Orlean shtatida mahalliy bokschi Harold Kalderonga (27-1-0) qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: