«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ronaldo fenomeniga yana qo‘shimcha ko‘rsatkich kerak deb o‘ylamayman. U yetuk futbolchi edi. Men har doim aytganman: futbol o‘ynaydigan odamlar bor, yana shunday insonlar borki, ularning o‘zi futbol. Men uchun u — futbol.
Hamma u kabi o‘ynashni xohlagan, barcha Ronaldo bo‘lishni istagan. U o‘z harakatlari, qadamlari, men «ilon» deb ataydigan driblinglari bilan futbolni butkul o‘zgartirib yuborgan. Men uchun boshqa futbolchi emas, aynan u futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi", — Zlatan Ibrahimovich.
Ronaldo faoliyati mobaynida «Real», «Inter», «Barselona», «Milan» va PSJ kabi jamoalarda to‘p surgan.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ