SportUz.Net
photo photo

Messi «Inter Mayami»da qancha maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi

19.10.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

Lionel Messi MLS chempionatida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi ekanini ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MLS o‘yinchilar assosiasiyasi xabar tarqatdi.

Argentinalik futbolchining bazaviy yillik maoshi 12 million dollarga teng. Qo‘shimcha bonus va to‘lovlar bilan birgalikda uning yillik daromadi 20,4 million dollarga yetadi.

Ushbu summaga Messining "Adidas" va "Apple TV"dan oladigan daromadi kirmaydi. Leo ushbu kompaniyalar orqali oladigan yillik daromadi 50-60 million dollarga teng.

Eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani «Toronto» yarim himoyachisi Lorenso Insinye band etgan. Uning yillik daromadi 15,4 mln dollarga teng. Jerdan Shakiri («Chikago Fayr») esa kuchli uchlikka kirdi (8,153 mln dollar).

«Inter Mayami» yarim himoyachisi Serji Busketsning bir yillik maoshi 1,775 mln dollarga teng bo‘lsa, Jordi Alba yiliga 1,25 mln dollar oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: