SportUz.Net
photo photo

TAVSIYA QILAMIZ: Bir mamlakat vakili bo'lgan, biroq tili o'zgacha - Maxachev, Aliskerov, Mokaev

17.10.2023 20:00    


Rasmni yuklab olish

21 oktyabr kuni Abu-Dabida uzoq kutilayotgan UFC 294 turniri bo'lib o'tadi.

Kechaning asosiy ishtirokchilari dog'istonlik jangchilar hisoblanadi. Dog'istonda ko'plab etnik guruh vakillari mavjud. Xo'sh, bo'lajak musobaqada oktagonga chiquvchi sportchilar qaysi millat vakillari?

Islam Maxachev – Laks 

Engil vazn toifasi chempioni Maxachev Dog'istonning eng qadimgi xalqlaridan biri bo'lgan laklar vakilidir. Ayni paytda laklar soni 200 ming kishini tashkil etadi. Ularning ko'pchiligi Maxachqala, mahalliy Lakskiy va Novolakskiy tumanlarida yashaydi. 


Lak tili, garchi u avar va boshqa Dog'iston tillari bilan bir oilaga mansub bo'lsa ham, o'zining monolotligi bilan ajralib turadi. Ushbu til 10 ta dialektga ega, biroq ular orasida u qadar katta farqlar yo'q. Islamning aytishicha, lak va avar tillari iki xil tildir. O'xshash so'zlar juda kam. Ular bazan bir-birlarini tushunishmaydi. Avar qishlog'i aholilari turli tillarda gaplasha oladi. Bu holat laklar orasida kamdan-kam uchraydi. 


“Habib va men turli millatlar mansubmiz va hozir uning tilida sizga gapira olmayman. Bizga pricipial jihatdan rus tilida ko'rsatmalar berish qulayroq”, deydi Maxachev. U uyda vaqt o'tkazishni yaxshi ko'rishini tan oldi. Islam Lak mintaqasida tashrif buyurishga arziydigan joylardan Boboku tog'i va Burshi qishlog'idagi alohida etirof etib o'tdi. 


Boshqa mashhur lak jangchilari: Omari Ahmedov 

Ikrom Aliskerov – lezgilar 

Lezgilar Dog'istonning eng yirik xalqlaridan biri sanaladi. Respublikaning o'zida 416 mingga yaqin aholisi istiqomat qiladi, Ozarbayjonda katta lezgin diasporasi (180 ming) yashaydi. Dog'istonning shimoliy qismida avarlar ustunlik qilsa, janubi lezgilarga tegishli. Aksariyat lezgilar mamlakatning sobiq janubiy hududi bo'lmish Yujdagda kun kechiradi. Respublikaning asosiy janubiy shahri Derbentda lezgilar umumiy aholining 41% ni tashkil qiladi. SHunisi etiborga molikki, inqilobdan oldingi Rossiyada Dog'istonning barcha janubiy tog'li xaqlari lezgilar deb atalgan. Aynan shu xalq sharafiga mashhur Kavkaz raqsi – Lezginka nomini berishgan. 


Tadqiqotchilarning fikricha, “lezgin” so'zi kelib chiqishi jihatidan “burgut” manosini anglatuvchi “lek” so'zi bilan bog'liq. Lezginka ko'pincha “burgut raqsi” deb ataladi. Manosi shundayki, erkak raqqos mag'rur qushni ramzi hisoblanadi va uning cho'zilgan qo'llari burgut qanotlariga qiyoslanadi. Yana bir etiborga molik fakt shuki, lezginlarning bazilari shialar bo'lib, ular Dog'iston aholsining asosiy qismi sifatida sunniy islomga amal qilishadi. Ikrom Alikserov UFC tarxidagi birinchi lezgin bo'lsa-da, promoushenda u qadar mashhur emas. 


Boshqa mashhur lezgin jangchilari: Islom Mamedov

Muhammad Mokaev – qumiq 

Muhammal Mokaev va Nassuridin Imavov SHimoliy Kavkazdagi eng yirik turkiy xalq bo'lmish qumiqlar yurtidan. Bu millat vakillari Dog'istondagi boshqa etnik guruhlardan sezilarli darajada farq qiladigan o'ziga xos madaniyat va tilga ega. Qumiq tili mamlakatning aksariyat xalqlari tillariga qaraganda, qozoq va boshqa turkiy tillarga yaqinroq. “agar qumiq tilida avar bilan gaplashsam, u meni tushunmaydi. Ehtimol, u bazi umumiy jumlalarni tushunar. Qarama-qarshi yo'nalishda ham xuddi shunday”, deydi UFC tarixidagi ilk qumiq jangchisi Rustam Xabilov. Qadimda mamlakatning tekis qismida ko'plab Dog'iston qabilalari muloqot qiladigan millatlararo til aynan qumiq tili bo'lgan.


Boshqa mashhur qumiq jangchilari: Muslim Salixov, Abusupyan Magomedov.


Magomed Ankalaev, SHarabutdin Magomedov, Said Nurmagomedov – avarlar 

Dog'istonda 956 000 aholiga ega avarlar nafaqat ko'p millatli etnik guruh, balki UFC’da Rossiyadan ko'zga ko'ringan eng ko'p jangchiga ega millat sanaladi. UFC rasmiy saytida faol rossiyalik jangchilar ro'yxatida Pyotr Yan, Aleksandr Volkov, Denis Tyululin, Sergey Pavlovich va Roman Kopilovdan tashqari 6 ta avar bor: Ankalaev, Xizriev, Said, Abubakar va Umar Nurmagomedov, Tagir Ulanbekov. Tez orada ular safiga Abu-Dabida debyut qiladigan SHarabutdin Magomedov ham qo'shiladi. Avarlar mamlakatning 30 % aholisini tashkil qiladi. 

Avarlar qanday paydo bo'lgan? SHarqshunos Vladimir Minorskiy bu nom avar madaniyatiga tasir ko'rsatgan qadimgi Osiyo avar qabilasi bilan bog'liqligini yozgan. Abdulmanap Nurmagomedov ushbu elat vakillari haqida shunday gapirgan: “Avarlar ochiq yurak! Ular chechenlardan nimasi bilan farq qiladi? Imom SHomil aytganidek, shaharlarni chechenlar bilan bosib olish kerak. Himoya qilish uchun esa avarlar lozim. Biz dono va xotirjammiz, chechenlar bo'lsa ko'proq impulsiv”. 

Ko'pgina avarlar, ayniqsa tog'li hududlarda yashovchilar, faqat o'zlarining tilida gapiradi. Xabib Nurmagomedov shunday deydi: “13 yoshgacha qishloqda yashadim. U erda hamma faqat avar tilida so'zlaydi. Maxachqalaga ko'chib kelganimda rus tili muammosiga duch keldim. Avvaliga tushunmovchiliklar tez-tez yuzaga keldi, bu esa mojarolarga olib keldi. CHunki ular ular men bilan hazillashyaptimi yoki shunchaki gapiryaptimi tushunish qiyin edi”.

Boshqa mashhur avar jangchilari: Zabit Magomedsharipov.


Xorijiy saytlar asosida Habib Jo'raboev tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: