
Goal.com nashri Yevropa chempionlar ligasining joriy mavsumida g‘oliblikka da’vogar klublar reytingini e’lon qildi.
Musobaqaning amaldagi g‘olibi — «Manchester Siti» reytingning eng yuqori pog‘onasini egallagan bo‘lsa, "Real" ikkinchi o‘ringa joylashtirildi. "Barselona" esa, kutilmaganda, kuchli uchlikka kiritildi.
2-turda "Nyukasl"ga yutqazib qo‘ygan "PSJ" klubi ro‘yxatda 12-o‘ringa joylashtirilgan bo‘lsa, "Nyukasl"ning o‘ziga 6-pog‘onadan joy berildi. «Manchester Yunayted» esa, ikki mag‘lubiyatdan keyin, 26-o‘ringa tushirib yuborildi.
Chempoinlar ligasida g‘oliblikka da’vogarlar reytingi (top-10)
1. «Manchester Siti»
2. «Real»
3. «Barselona»
4. «Bavariya»
5. «Inter»
6. «Nyukasl»
7. «Real Sosyedad»
8. «Atletiko»
9. «Arsenal»
10. «Napoli».
Mangu MMA The Ultimate Fighter shousida ishtirok etgan jangchi bilan shartnoma tuzdi (FOTO)
Ilhom Nazimov RIZIN'dagi chempionlik jangi uchun Sanjar Zokirov bilan shug'ullanmoqda (VIDEO)
Vsevolod SHumkov o'zbekistonliklarga, jumladan, Abdumalik Xalokovga ham murojaat qildi (VIDEO)