
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Shola Shoretayr klub safidagi o‘zining debyut bahsini Yevropa ligasining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan «Real Sosyedad»ga o‘tkazdi.
UEFA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Shoretayr «MYU» tarixida yevrokuboklarda debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. Kecha u 17 yoshu 23 kunlik edi.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Sosyedad"dan ustun kelib, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Mangu MMA The Ultimate Fighter shousida ishtirok etgan jangchi bilan shartnoma tuzdi (FOTO)