SportUz.Net
photo photo

«Bavariya» Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2 ta rekordini o‘rnatdi

21.09.2023 06:31    


Rasmni yuklab olish

Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 1-turi doirasida “Bavariya” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib, g‘alaba qozondi.

Myunxenliklar musobaqa guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinlarda ketma-ket 35 ta bahsdan buyon mag‘lubiyatga uchrashmayapti. Bu esa YECHL rekordini hisoblanadi.

Bundan tashqari, «Bavariya» guruh bosqichida ketma-ket 14 ta uchrashuvdan beri faqat g‘alaba qozonmoqda. Bu ham turnir rekordi hisoblanadi.

«Bavariya» so‘nggi marta 2017 yilda Chempionlar ligasi guruh bosqichida «PSJ»ga imkoniyatni boy bergandi. Shundan buyon jamoa 32 g‘alaba va 3 durang qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: