SportUz.Net
photo photo

Osiyo o'yinlari tarixi: SHohsupadagi Taymazov, chempion Rishod Sobirov va boshqalar. Guanchjou-2010dagi ishtirokimiz qanday bo'lgandi?

20.09.2023 16:00    


Rasmni yuklab olish

Xitoyda XIX Osiyo o'yinlari start olmoqda.

Biz saytimiz orqali O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Hisob bo'yicha XVI Osiyo o'yinlari 2010 yilning 12-27 noyabr kunlari kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida o'tkazilgan. 

Ushbu musobaqada O'zbekiston sharafini 28 sport turida 225 nafar sportchi himoya qilgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoamiz azolari 11 ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan. Umumiy hisobda 56 ta medalga ega chiqqanmiz. 

Delegaciyamiz musobaqa yakuniga ko'ra, 8-o'rinni egallagan. 


O'zbekiston sport delegaciyasida oltin medal qo'lga kiritgan sportchilar (11 ta oltin):

1. Yuliya Tarasova (engil atletika, ko'pkurash)

2. Svetlana Radzivil (engil atletika, balandlikka sakrash)

3. Elshod Rasulov (boks)

4. Serik Mirbekov, Gerasim Kochnek (eshkak eshish, S-2, 1000 m)

5. Vadim Menkov (eshkak eshish, S-1 1000 m)

6. Sergey Borzov, Aleksey Babajanov, Aleksey Mochalov, Vyacheslav Gorn (eshkak eshish, K-4, 1000 m)

7. Rustam Qosimjonov (shaxmat)

8. Rishod Sobirov (dzyudo)

9. Dilshod Mansurov (erkin kurash)

10. Artur Taymazov (erkin kurash)

11. Vladimir To'ychiev (velosport, trek)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: