Biz saytimiz orqali O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilishni boshlaymiz.
O'zbekiston mustaqil ravishda ilk marotaba 1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahridagi XII Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan. O'yinlar 1994 yilning 2-16 oktyabr kunlari tashkil etilgan.
O'sha qita o'yinlarida 135 nafar o'zbekistonlik sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoamiz azolari 11 ta oltin, 12 ta kumush va 19 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Umumiy hisobda 42 ta medal qo'lga kiritilgan.
Medallarimizni sport turlari kesimida oladigan bo'lsak natijalar quyidagicha bo'lgan:
O'zbekiston sport delegaciyasi yakunda umumjamoa hisobida 5-o'rinni egallagan.
O'zbekiston sport delegaciyasida oltin medal qo'lga kiritgan sportchilar (11 ta oltin):
1. Ramil Ganiev (engil atletika, ko'pkurash)
2. Svetlana Munkova (engil atletika, balandlikka sakrash)
3. Oksana Yarigina (engil atletika, nayza uloqtirish)
4. Evgeniy Astanin (eshkak eshish, S-1, 1000 metr)
5. Ivan Kireev (eshkak eshish, K-1, 500 metr)
6. Ivan Kireev (eshkak eshish, K-1, 1000 metr)
7. Vladimir Kazancev, Ivan Kireev, Andrey Kolganov, Anatoliy Tyurin (eshkak eshish, K-4, 1000 metr)
8. Alisher Avezbaev (boks)
9. Oleg Maskaev (boks)
10. Futbol terma jamoasi
11. SHuhrat Ahmedov, Enver Osmanov, Nikolay Repichev (o'q otish, 25 metrga to'pponchadan, jamoaviy)
Futbol terma jamoamiz tarkibida quyidagi futbolchilar to'p tepishgan:
Yuriy SHeykin
Fevzi Davletov
Andrey Fyodorov
Mirjalol Qosimov
Farhod Magomedov
Ilhom SHaripov
Abduqahhor Marifaliev
Sergey Lebedev
Igor SHkvirin
Azamat Abduraimov
SHuhrat Maqsudov
Rustam Do'rmonov
Abdusamad Do'rmonov
Ulug'bek Ro'zimov
Stepan Atayan
Berdax Allaniyazov
Aleksandr Tixonov.
Kuchli beshlik quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Xitoy
2. Yaponiya
3. Janubiy Koreya
4. Qozog'iston
5. O'zbekiston
"Kichik bolalarga imkon berishdan charchadim". Maxachev Topuriya bilan jang haqida gapirdi