Argentina terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 22ta o‘yindan beri yutqazmayapti. Bu natija milliy jamoa tarixida yangi rekord hisoblanadi.
"Albiseleste" bugun JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Ekvadorga qarshi o‘yinda maydonga tushib, Messi tomonidan urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
Bu borada Janubiy Amerika rekordi Braziliyaga tegishli. "Pentakampeonlar" JCH saralash bosqichida 34 ta o‘yindan buyon yutqazmay kelmoqda (seriya davom etmoqda).
Jahon rekordini esa Ispaniyaga tegishli. "Qizil furiya" 1993-2021 yillar oralig‘ida JCH saralash bosqichida ketma-ket 66 ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi