Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Ekvadorga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (1:0) jamoasining yagona golini jarima zarbasidan urdi.
36 yoshli futbolchi uchun mazkur gol faoliyati davomida bevosita jarimadan kiritilgan 65-to‘p bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u «Inter Mayami» xo‘jayini Devid Bekxemga yetib oldi.
«An-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa jarima zarbasi orqali 60 ta gol urgan.
Jarimadan eng ko‘p gol urgan o‘yinchilar ro‘yxatini quyidagilar boshqarishmoqda: Juninyo Pernambukano (77), Pele (70), Viktor Legrotalye va Ronaldinyo (ikkisi 66 tadan).
UFC 315: Bilol Muhammad va Valentina SHevchenko kamarini himoya qiladi (ONLAYN NATIJALAR)
Bilol yoki Maddalena? SportUz.Net jurnalistlari UFC 315 markaziy jangi uchun taxmin bildirishdi