SportUz.Net
photo photo

Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi aniqlandi

26.02.2021 10:30    


Rasmni yuklab olish

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali dastlabki bahslaridan o‘rin olgan so‘nggi to‘rt o‘yin 23 va 24 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.

UYEFA matbuot xizmati mazkur o‘yinlar yakuni bo‘yicha hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Undan «Manchester Siti»ning to‘rt nafar o‘yinchisi o‘rin oldi. «Real Madrid»dan uch, «Chelsi» va «Bavariya»dan esa ikki nafardan o‘yinchi top-11 likdan joy oldi.

YECHL hafta ramziy (fentezi) terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Eduard Mendi («Chelsi»);

Himoyachilar: Ferlan Mendi, Rafael Varan (ikkisi «Real»), Antonio Ryudiger («Chelsi»), Kayl Uoker, Joau Kanselu (ikkisi «Manchester Siti»);

Yarim himoyachilar: Jamol Musiala («Bavariya»), Luka Modrich («Real»);

Hujumchilar: Leroy Sane («Bavariya»), Bernardu Silva, Gabriel Jezus (ikkisi «Manchester Siti»).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: