2 sentyabr, shanba kuni Angliya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda birdaniga uch futbolchi "xet-trik" qayd etdi.
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Fulxem»ga qarshi o‘yinda (5:1), «Tottenxem» forvardi Son Xyong Min «Byornli»ga qarshi uchrashuvda (5:2) hamda «Brayton» o‘yinchisi Evan Fergyuson «Nyukasl»ga qarshi bahsda (3:1) uchtadan gol muallifiga aylanishdi.
Uch futbolchi bir kunda "xet-trik"ka erishishi APL tarixida ikkinchi marta sodir bo‘ldi. Ilk marta 1995 yilning 23 sentyabr kuni Alan Shirer, Robbi Fauler va Toni Yeboa "xet-trik" muallifi bo‘lishgandi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi