SportUz.Net
photo photo

Jeko «Roma»ning yevrokuboklardagi eng yaxshi to‘purariga aylandi

26.02.2021 10:30    


Rasmni yuklab olish

«Roma» hujumchisi Edin Jeko Yevropa ligasi musobaqasining 1/16 final bosqichi doirasida «Braga»ga qarshi o‘yinda bitta gol muallifiga aylandi.

34 yoshli futbolchi uchun mazkur gol "bo‘rilar" futbolkasida yevrokuboklar doirasida urgan 29-goli bo‘ldi. Bosniyalik futbolchi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Roma" afsonasi Franchesko Tottini ortda qoldirdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Jeko 2016 yildan buyon «Roma» sharafini himoya qiladi. Joriy mavsumda u 24ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist muallifiga aylandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: