"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy chempionatlardagi gollari soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi.
«Ash-SHabab» darvozasiga urilgan 2 gol natijasida portugaliyalik futbolchining milliy chempionatlar doirasida urgan gollari soni 517 taga yetdi.
Ronalduning milliy ligalarda urgan gollari taqsimoti quyidagicha:
Portugaliya chempionati («Sporting») — 3;
APL («Manchester Yunayted») — 103;
La liga («Real Madrid») — 311;
A seriya («Yuventus») — 81;
Saudiya Arabistoni chempionati («An-Nasr») — 19.
Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) tarqatgan xabarga ko‘ra, Krishtianu Yozef Bisan va Ferens Pushkash (515 tadan gol)ning natijasini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Hozircha mazkur 3 futbolchi milliy ligalardagi gollari sonini 500dan oshirgan. Lionel Messi hisobida 496 ta gol bor.
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum
Saken Bibosinov Hasanboy Do'smatovdan uchralgan mag'lubiyatga o'z munosabatini bildirdi