
O‘zbekiston professional futbol ligasi Superliganing iyun oyidagi eng yaxshilari nomini ma’lum qildi.
«Andijon» futbolchisi Rubin Xebay iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Mazkur o‘yinchi o‘tgan oyda 3 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol muallifiga aylandi.
Ushbu sovrin uchun, shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi: Zabihillo O‘rinboyev («Navbahor») va Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).
«Andijon» ustozi Aleksandr Xomyakov oy yakunlari bo‘yicha eng yaxshi murabbiy nomiga loyiq ko‘rildi. Andijonliklar iyun oyida 3 o‘yinda 2 g‘alaba va bir durang qayd etishdi. To‘plar farqi — 8-1.
Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga quyidagilar ham da’vogar bo‘lgandi: Vesko Steshevich(«Metallurg») va Sergey Arslonov («Surxon»).
«Olimpik» futbolchisi Jasur Jaloliddinovning «Metallurg» darvozasiga urgan goli oyning eng yaxshisi nomiga sazovor bo‘ldi.
Pyotr Yan O'Mellining Oq uydagi jang taklifiga SI'da yasalgan surat bilan javob berdi (FOTO)