SportUz.Net

Ronaldu bir yillik daromad bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

15.07.2023 06:31    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu oxirgi mavsumda eng ko‘p daromad topgan sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

2022 yilning may oyidan 2023 yildan may oyiga bo‘lgan muddatda futbolchining maoshlar, bonuslar va reklamadan tushgan daromadlari 136 million dollarni tashkil etdi.

Bir yil avvalgi mazkur davrda rekord Lionel Messiga tegishli bo‘lgandi. Argentinalik futbolchining bir yillik daromadi 130 million yevroga teng bo‘lgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: