SportUz.Net

photo photo

Ronaldu, Modrich, Inyesta. 35 yoshdan katta bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

25.02.2021 14:30    


Rasmni yuklab olish

90Min portali ayni paytda to‘p surayotgan 35 yoshdan katta bo‘lgan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

«Milan» forvardi Zlatan Ibrahimovich ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, «Real» yarim himoyachisi Luka Modrich kuchli uchlikka kirdi.

90Min talqiniga ko‘ra 35 yoshdan katta futbolchilar top-10 ligi:

1. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»)
2. Zlatan Ibrahimovich («Milan»)
3. Luka Modrich («Real»)
4. Tiago Silva («Chelsi»)
5. Fernandinyo («Manchester Siti»)
6. Santi Kasorla («As-Sadd»)
7. Joze Fonte («Lill»)
8. Andres Inyesta («Vissel Kobe»)
9. Loran Koselni («Bordo»)
10. Jorjio Kyellini («Yuventus»)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: