SportUz.Net
photo photo

Futbol. O'zbekiston terma jamoasi yig'iniga jalb etilgan o'yinchilar ro'yxati malum bo'ldi

18.05.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

Iyun oyida JCH-2022 hamda OK-2023 qo'shma saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistonida markazlashgan turnir bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi Cingapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov rasmiy o'yinlar oldidan o'tkaziladigan yig'inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini elon qildi. Dastlab reja qilingan futbolchilardan jarohati sabab Oston Urunov, Jasurbek Yaxshiboevlar yig'inda ishtirok eta olmaydigan bo'lishdi. 

Legionerlar o'z birinchiliklaridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shilishadi. Yig'inlar natijasiga ko'ra Saudiya Arabistoniga boradigan yakuniy ro'yxat taqdim etiladi.


Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Ravshanbek Yagudin ("Bunyodkor")

Himoyachilar: Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Rustamjon Ashurmatov ("Kanvon", Janubiy Koreya), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Oleg Zoteev ("CHonnam Dragons", Janubiy Koreya), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov ("Canchjou Mayti Layons", Xitoy), Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Odiljon Hamrobekov ("SHabab Al-Ahli", BAA), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon Sitizen", Janubiy Koreya), Jamshid Iskanderov ("Sonnam", Janubiy Koreya), Jaloliddin Masharipov ("SHabab Al-Ahli", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Vagiz Galiulin ("Nefteximik", Rossiya), Husniddin G'ofurov (AGMK), Sanjar SHoahmedov (AGMK), Iskandar SHoyqulov ("So'g'diyona"), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), SHarof Muhitdinov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), SHahzodbek Ubaydullaaev ("SHaxtyor", Belarus), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), SHohruz Norxonov ("So'g'diyona").




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: