SportUz.Net
photo photo

Agar Varan "Real"da qolsa Ramos bilan shartnoma uzaytirilmasligi mumkin

18.05.2021 10:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" ikki markaziy himoyachidan birini tanlashi lozim.

Malumotlarga ko'ra, "Real" bungacha Rafael Varanga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi ushbu taklifga jiddiy qiziqish bildirmagan. U Madridda maoshining oshirib berishlarini istamoqda. 

"Real" shuningdek Alabani erkin agent sifatida o'z tarkibiga qo'shib olishi kutilmoqda. 

Agar "Real" franciyalik futbolchi bilan yangi shartnoma tuzsa, Ramos bilan kelishuv uzaytirilmaydi. Agar madridliklar 28 yoshli Varanni 70 million evroga sotib yuboradigan bo'lishsa, Ramos klubda qoladi. 

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Ramos klub bilan 2 yillik shartnoma tuzishni istamoqda. Ammo "Real" shartnomani 1+1 ko'rinishida imzolamoqchi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: