"Ikkita mag'lubiyatimizni oqlamoqchi emasman, ammo shubhasiz, shu narsa sabab bo'ldi.
Bunday vaqt ichida sifatli va samarali o'yin ko'rsatishning jismoniy tomonlama imkoni yo'q. Tiklanish jarayoni bo'lgani yo'q. Odatdagidek kun tartibi ham bo'lmadi", - dedi Sulsher.
Eslatib o'tamiz, MYUning "Liverpul"ga qarshi 2 may kungi o'yini muxlislarning namoyishi sabab 13 mayga qoldirildi. Buning natijasida jamoada tig'iz taqvim yuzaga keldi.