SportUz.Net
photo photo

“Atletiko” va “Real” oxirgi turni qachon va qaysi jamoalarga qarshi o'tkazadi? (+jadval)

17.05.2021 07:50    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya chempionatining 38-tur bahslari 21 va 23 may kunlari bo'lib o'tadi.

“Levante” – Kadis bahsi jadvalga deyarli tasir etmasligi tufayli vaqtliroq o'tkaziladi. Qolgan 9 ta uchrashuv esa 23 may kuni bir xil vaqt 21:00 da boshlanadi.

Peshqadam “Atletiko” ligada jon saqlab qolishga harakat qilayotgan 19-o'rindagi “Valyadolid”ga qarshi safarda bahs olib boradi.

“Matraschilar”ni taqib qilayotgan “Real” esa o'z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qiladi.

Malumot o'rnida, ochkolar teng kelgan taqdirda Zinedin Zidan shogirdlari titul sohibiga aylanadi.

38-tur taqvimi:

TURNIR JADVALI



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: