SportUz.Net

Amerika Kubogi-2024 musobaqasiga qura tashlandi, Braziliya va Kolumbiya bir guruhda

08.12.2023 11:23    


Rasmni yuklab olish

Mayamida 2024 yilgi Amerika Kubogi musobaqasi uchun qura tashlandi.

Ushbu musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etadi. 

A guruhi: Argentina, Peru, CHili, Kanada/Trinidad va Tobago.

B guruhi: Meksika, Ekvador, Venesuela, Yamayka.

C guruhi: AQSH, Urugvay, Panama, Boliviya.

D guruhi: Braziliya, Kolumbiya, Paragvay, Kosta-Rika/Gonduras.


Musobaqaning ikki ishtirokchisi pley-off bosqichi orqali aniqlanadi. Kanada - Trinidad va Tobago, shuningdek Kosta-Rika - Gonduras uchrashuvlari g'oliblari musobaqada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 

Musobaqa 2024 yilning 20 iyun - 14 iyul kunlari o'tkaziladi. 

Amerika Kubogi o'yinlari AQSHning 14 ta shahrida tashkil etiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: