SportUz.Net

Bilol Muhammadda ilk himoya jangi. Ertaga tongda o'tkaziladigan UFC 315 turniri Islam Maxachevning keyingi raqibini aniqlab beradi (Barcha tafsilotlar)

10.05.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

11 may tongida Kanadaning Monreal shahrida joylashgan Bell Centre majmuasida MMA bo'yicha UFC 315 musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqaning markaziy jangi yarim o'rta vazn chempioni Bilol Muhammad hamda avstraliyalik davogar Jek Della Maddelena o'rtasida kechadi.

Ikkinchi asosiy jangda esa ayollar o'rtasidagi o'ta engil vazn chempioni Valentina SHevchenko Manon Foro bilan to'qnash keladi.

Bundan tashqari, turnir doirasida Joze Aldo, Benua Sen-Deni, Mayk Melott, Ion Kucelaba kabi taniqli sportchilar ishtirok etadi.

Musobaqa Toshkent vaqti bilan tonggi 3:30 da boshlanadi. Prelim kard janglari 5:00, asosiy kard esa 7:00 da start oladi.

UFC 315'ning to'liq kardi:

Asosiy kard:

Markaziy jang, yarim o'rta vazn chempionligi uchun: Bilol Muhammad (AQSH, 24-3) vs Jek Della Maddalena (Avstraliya, 17-2)

Co main event, ayollar o'rtasida o'ta engil vazn chempionligi uchun: Valentina SHevchenko (Qirg'iziston, 24-4-1) vs Manon Foro (Franciya, 12-1)

Yarim engil vaznda: Joze Aldo (Braziliya, 32-9) vs Aymann Zaxabi (Kanada, 12-2)

Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Aleksa Grasso (Meksika, 16-4-1) vs Natalya Silva (Braziliya, 18-5-1)

Engil vaznda: Benua Sen-Deni (Franciya, 13-3) vs Kayl Prepoles (Kanada, 18-8).

Prelim kard:

Yarim o'rta vaznda: Mayk Melott (Kanada, 11-2-1) vs CHarli Radtke (AQSH, 10-4)

Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Jessika Andrade (Braziliya, 26-13) vs Jasmin Jasdavisius (Kanada, 13-3)

Yarim og'ir vaznda: Modestas Bukauskas (Litva, 17-6) vs Ion Kucelaba (Moldova, 19-10-1)

Yarim og'ir vaznda: Navaxo Stirling (Yangi Zelandiya, 6-0) vs Ivan Erslan (Xorvatiya, 14-4)

O'rta vaznda: Mark Andre-Bario (Kanada, 16-9) vs Bruno Silva (Braziliya, 23-12)

Yarim engil vaznda: Daniel Santos (Braziliya, 11-2) vs Jeong Yeong Li (Koreya Respublikasi, 11-2)

Eng engil vaznda: Bred Katona (Kanada, 14-4) vs Bekzat Almaxan (Qozog'iston, 11-2).


ASOSIY KARD JONLI EFIRI UCHUN LINK



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: