SportUz.Net
photo photo

Superliga. Bugun qoldirilgan "Turon" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tadi

10.05.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun Coca Cola Superligada 5-turning qoldirilgan o'yini o'tkaziladi.

Unda chempionat debyutanti "Turon" klubi Olmaliqning AGMK klubini qabul qiladi. Mazkur bahs bu jamoalar o'rtasidagi birinchi rasmiy bahsga aylanadi. Uchrashuv soat 18:40da Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida boshlanadi. 

Hozirgacha "Turon" Superligada 6ta o'yin o'tkazib 3 ta durang va 3 ta mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa 3 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasida bormoqda. AGMK esa 5 ta uchrashuvdan 10 ochko to'plab, 7-o'rinda joylashgan. 

Superliga, 5-tur
10 may, dushanba
«Turon» – AGMK
Hakamlar
: Firdavs Norsafarov, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Komiljon Rasulov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: SHerzod Rajabov

Murabbiylar bugungi o'yin uchun kengaytirilgan ro'yxatni elon qilishgan: 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: