SportUz.Net
logo

Yaqin vaqtlar ichida ECHL finali borasidagi qaror elon qilinadi

09.05.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

"The Telegraph" xabariga ko'ra, ayni damda UEFA rahbariyati Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning ECHL finalini "Uembli" stadioniga ko'chirishi borasidagi taklifni ko'rib chiqmoqda.

Insayderlarning malumotiga ko'ra, imkoniyatlar 50ga 50 baholanmoqda.

29 may kuni ECHL finalida "Manchester Siti" va "CHelsi" jamoalari Istanbulda to'qnashishlari kerak. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Turkiya qizil zonada bo'lib turibdi va shu boisdan Buyuk Britaniya ushbu davlat bilan aviaaloqalarni uzib qo'ygan.

Ammo turnir finalini ko'chirish ishlari juda ham kech boshlangani hamda bu orqali televizion huquqlarning buzilishi juda katta noroziliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

UEFA 72 soat ichida bu boradagi yakuniy qarorni qabul qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: