SportUz.Net
photo photo

Lyakazett - "Arsenal"ning aprel oyidagi eng yaxshi o'yinchisi

07.05.2021 14:50    


Rasmni yuklab olish

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Aleksandr Lyakazett aprel oyi yakuniga ko'ra jamoaning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi.

29 yoshli hujumchi so'rovnoma yakuniga ko'ra 60 foiz ovoz to'pladi, Aleksandr bu borada Nikolya Pepe va Bukayo Sakani ortda qoldirdi.

Lyakazett o'tgan oyda 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Futbolchining "Arsenal" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchining narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Francuz yozda londonliklar safini tark etishi mumkin. Lyakazettga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: