SportUz.Net
photo photo

Zinedin Zidan "CHelsi"dan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?

06.05.2021 08:50    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, ECHL yarim final javob uchrashuvida "CHelsi" o'z maydonida "Real Madrid"ni engdi (2:0).

Uchrashuvdan so'ng matbuot-anjumani bo'lib o'tdi va unda mehmonlar ustozi Zinedin Zidan ishtirok etdi. 

"Tan olish lozim, bugun raqib g'alabaga haqli edi. Biz harakat qildik, kurashdik, ammo "CHelsi" g'alaba qozondi va finalga munosib o'yin ko'rsatdi. Bugun maydonga tushgan futbolchilar o'yinga to'liq tayyor edi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman: biz imkon qadar harakat qildik va final ostonasida to'xtadik! "CHelsi" ajoyib o'yin o'tkazdi va biz buni alohida etirof etishimiz zarur.

Biz o'yin davomida yaqqol vaziyatlarni deyarli yuzaga keltira olmadik. Raqibda esa bunday imkoniyatlar bo'ldi. Endi biz dam olib, La Liga haqida o'ylashimiz zarur. 

Albatta, hech bir jamoa, hech qaysi futbolchi mag'lubiyatdan mamnun bo'lmaydi. Ammo biz shundoq ham turnirda uzoq yo'lni bosib o'tdik. Yarim finalda to'xtash og'ir, lekin ertaga biz mehnatga tayyor holda mashg'ulotda jam bo'lamiz", - dedi Zinedin Zidan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: