Mirjalol Qosimov: «Avvalambor Assalomu alaykum. O'yinga o'tishdan avval musobaqadagi ikki xil taassurotim haqida gapirmoqchiman. Hali musobaqa tugamadi va bizni oxirgi turdagi bahs kutmoqda. Lekin bugungi mag'lubiyatdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatlari qolmadi.
Fursatdan foydalanib, tashkilotchilarga guruh bosqichini yaxshi darajada o'tkazishayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Xursand qiladigan tarafi, nufuzli musobaqada qatnashdik. Bu jamoa uchun katta maktab. SHuningdek, musobaqa davomida doim bizni qo'llab-quvvatlagan barcha o'zbekistonlik futbol muxlislariga katta rahmat aytaman. Ikkinchi tarafi, yani yoqmagan jihat bu o'zimizning xatolar tufayli ko'plab gollarni o'tkazib yuborganimiz bo'ldi. Hayot davom etadi. Bu futbol, unda kimdir yutadi va kimdir yutqazadi.
O'yinga keladigan bo'lsak, «Al Hilol» kuchli ijrochilarga ega jamoa. Bugun ular haqli g'alaba qozonishdi. Birinchi bo'limda 40-daqiqagacha yaxshi harakatlandik. Lekin rikoshet orqali urilgan gol va ikkinchi taymdagi tezkor gol jamoaga ruhan tasir qildi».
OCHL. Yirik hisobda mag'lub bo'lgan AGMKning guruhdan chiqa olmasligi oydinlashdi