SportUz.Net
photo photo

"Real" muhim futbolchilarini ham yozda ketkazib yuborishga tayyor

04.06.2023 18:00    


Rasmni yuklab olish

"Real" yozda yana bir qancha futbolchilarini ketkazib yubormoqchi.

"Relevo" xabariga ko'ra, klub navbatdagi mavsumga biroz yoshroq tarkibni olib kirmoqchi. Hozircha Marko Asensio, Eden Azar va Mariano Diasning jamoadan ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Karim Benzemaning klubdagi kelajagi esa so'roq ostida turibdi.

Ushbu mavsum oldidan jamoaga olib kelingan Orelen CHuameni esa kutilgan ishonchni oqlay bilmagan. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uning mavsumdagi ko'rsatgan o'yini "qirollik klubi" darajasi uchun etarli emas deb hisoblagan. Futbolchining "Real" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida klub Federiko Valverde, Ferlan Mendi, Dani Sebalos, Andrey Lunin va Alvaro Odriosolaga tushadigan takliflarni ham o'ylab ko'radi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: