Bu haqda Turkiya futbol federaciyasi tashqi aloqalar qo'mitasi azosi Gyurkan Teoman "Ajansspor"ga bergan intervyusida malum qildi.
Takidlash joizki, 14 aprel kuni Turkiya qo'mitasi azolari (Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Turkmaniston) futbol federaciyalari o'rtasidagi shartnoma imzolandi, unga ko'ra, maxsus uchrashuvlar, o'quv-mashg'ulot yig'inlari va musobaqalar o'tkaziladi, shuningdek infrastrukturani ham rivojlantirishga yordam beriladi va hokazo.
"Turon Kubogi" deb nomlanadigan musobaqani oldinroq o'tkazish rejalashtirilgan edi, ammo pandemiyasi sabab uni to'xtatib turishgan to'g'ri keldi", - deydi Teoman. Uning so'zlariga ko'ra, loyihaning bosqichma-bosqich rasmiylashtirish rejalashtirilgan va buning uchun zarur bo'lgan barcha narsalar amalga oshiriladi. Bu borada FIFA va UEFA bilan bog'liq muammolar bo'lmasligi kerak.
Musobaqaga mustaqil turkiy davlatlardan jamoalar, shuningdek Qozonning "Rubin", Eronning Ozarbayjon proviciyasidan "Traktor" va SHimoliy Kipr jamoalari taklif etiladi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"
WBA reytingi yangilandi: SHahram va Bektemir birinchi o'rinda qoldi. Qolganlarning o'rni qanday?