27 yoshli futbolichning xizmatlariga "Manchester Siti" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi Lukakuning xaridi uchun 100 million evro miqdorida mablag' ajratishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Romeluning "neradzurrilar" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Forvard joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 9ta assist qayd etdi.