
Antonio Konte tez orada "Tottenxem" bosh murabbiyligidan ketadi. "SHporlar" rahbariyati allaqachon italiyalikning o'rnini bosa oladigan nomzodlar ro'yxatini tuzib qo'ygan, deb xabar berdi "The Guardian". Kontening chetlatilishi xalqaro tanaffus vaqtida sodir bo'lgan taqdirda ham, yangi murabbiy 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab jamoani boshqaradi.
"Tottenxem" rahbariyatiga Lissabonning "Sporting" klubi amaldagi murabbiyi Ruben Amorim yoqadi. Biroq "shporlar" rahbariyati ro'yxatida Vensan Kompani, Tomas Tuxel, Luis Enrike, Roberto De Dzerbi va Maurisio Pochettino ham bor.

Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi